2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz sayti yordamia bilish
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” (https://my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer) bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Telegram bot yordamida bilish
3️⃣ Quyidagi Telegram-botlarga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
Sms xabarnoma orqali bilish
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo’yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).











