“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga ham 4 yillik grant ajratiladi.
Joriy yildan boshlab ilk marta grantlar qayta taqsimlanishni boshlaydi. Ya’ni yaxshi o’qiganlar grantga chiqadi, yomon o’qiganlar kontraktga tushadi.
Prezident farmonida ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi, deya belgilangan.
❓Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant (IRG) nima degani?
IRG — qonunchilikda belgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdek, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ajratiladi.
Boshqacha aytganda kimdir qo‘shimcha kvota orqali grantga kirgan bo‘lsa, o‘sha IRG olgan bo‘ladi.
❓“Temurbeklar maktabi” (TM) bitiruvchilari haqida
Men bir necha yildan buyon TM bitiruvchilariga beriladigan qo‘shimcha ball tarzidagi imtiyozni tanqid qilib kelganimni ko‘pchilik yaxshi biladi. Bu boshqalarga nisbatan adolatsizlik, agar juda yordam bergingiz kelsa, unda TM bitiruvchilariga ham xuddi harbiylar kabi qo‘shimcha kvota beraylik, deb taklif qilardim.
O‘tgan yildan boshlab TM bitiruvchilariga qo‘shimcha kvota ajratiladigan bo‘ldi. Ya’ni ular oddiy abituriyentga endi xalaqit bermaydi.
O‘tgan yili bu haqdagi postimda ushbu yangilik TM bitiruvchilariga 4 yillik grant berishni ham ta’minlaydi, o‘zlariga yaxshi bo‘ldi, deb yozgandim. (https://t.me/xushnudbek/25025)
Ammo joriy yilda TM bitiruvchilaridan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Unda aytilishicha, oliygoh rahbariyati TM bitiruvchilariga ham grant taqsimlashda qatnashishini, ariza yuborishi kerakligini aytishgan. “O‘tgan yili siz boshqacha yozgandingiz-ku, lekin amalda umuman boshqacha bo‘lyapti”, deyishdi.
Shundan so‘ng, ushbu masalada vazirlik mas’ullari bilan bog‘landim, ularga vaziyatni tushuntirdim. Muhokamalardan so‘ng, vazirlik ham TM bitiruvchilariga 4 yillik grant berilishi kerakligini, chunki ularga qo‘shimcha kvota ajratilganini, demak ularga IRG berilganini ta’kidlashdi. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, kecha vazirlik mutasaddilari Zoom orqali yig‘ilish o‘tkazib, oliygohlarga bu haqida tushuntirish ham bergan.
✅ XULOSA: o‘tgan yili qo‘shimcha kvota orqali grantga kirgan TM bitiruvchilariga 4 yillik grant ajratiladi va ular har yilgi grant taqsimlashda ishtirok etmaydi.











