Bosh sahifa » Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi  

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) bo‘ladi.

⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❌ Topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, javoblar varag‘iga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top