Umumiy maqsad:
O‘rta sinf o‘quvchilarida innovatsiya, iqtisodiy madaniyat, tadbirkorlik asoslari va muvaffaqiyatga erishish haqida ilk tasavvur hosil qilish, halollik, mehnatsevarlik fazilatlarini qadrlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish.
Annotatsiya:
Mazkur mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga “muvaffaqiyatga erishish”, innovatsiya va “startap” tushunchalarining hayotdagi ahamiyati, ularning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida tushuncha beriladi. Dars davomida suhbat, loyihalar, misollar, hikoyalar, videolavha va interaktiv o‘yinlar orqali o‘quvchilarda o‘zini o‘zi rivojlantirish, startap ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Darsning maqsadlari:
- O‘rta sinf o‘quvchilariga muvaffaqiyat tushunchasini yoshga mos, hayotiy misollar orqali tushuntirish.
- Maqsad qo‘yish, rejalashtirish va harakat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
- “Startap” atamasi va uning hayotiy ahamiyatini sodda misollar bilan anglatish.
- Ilg‘or g‘oyalar, innovatsiyalar va ijodiy fikrlashning rivojlanishdagi ahamiyatini ochib berish.
- O‘quvchilarda ishonch, tashabbuskorlik va jamoada ishlash malakasini rivojlantirish.
Asosiy g‘oya:
Tadbirlilik, biznes ko‘nikmalar – insonning iqtisodiy muvaffaqiyatlarini belgilaydigan, uni farovonlikka olib chiqadigan kuchdir. Startap esa – o‘rta sinf o‘quvchilarida tadbirkorlikning ilk ko‘nikmalarini o‘rganish manbaidir.
Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda kelajak soati
Kutiladigan natijalar:
– o‘quvchilar tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish uchun zarur tushuncha, bilimlarga ega bo‘ladilar;
– bolalar turli kichik vazifalarni mustaqil bajarishga o‘rgatiladi;
– kichik biznes o‘yinlarini (masalan, “bozor-bozor”, “do‘kon-do‘kon”) o‘ynab, mustaqil fikrlash va yangi g‘oyalarni taklif qilishni o‘rganadilar;
– kichik, mas’uliyatli vazifalarni bajarish ko‘nikmalari bilan tanishadilar;
– masalalarni mustaqil yechish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari bilan tanishadilar;
– startap to‘g‘risida ilk bilimlarga ega bo‘ladilar;
– “bozor-bozor” o‘ynash, qo‘l mehnati mahsulotlarini tayyorlash va taqdim etishda ishtirok etadilar;
– mustaqil qaror qabul qilishni o‘rgana boradilar;
– mas’uliyat, javobgarlikni his qiladilar;
– liderlik va jamoaviy ish ko‘nikmalari rivojlanadi;
– mustaqil loyihalar ustida o‘ylash va ishlash ko‘nikmalarini o‘rganadilar.
Metapredmet yondashuv:
Metapredmet maqsad: “Bolalar muvaffaqiyat degani – mehnat, reja va ishonch ekanini hayotiy misollarda anglab yetsin va o‘z kichik maqsadlarini qo‘ya olishsin.”
Metapredmet natija: “O‘quvchilar muvaffaqiyatni tashqi omad deb emas, balki ichki harakat, reja va sabr mevasi sifatida tushunib yetishadi.”
| Tarbiya / Ona tili | Orzu, mehnat, intizom haqida matnlar, hikoyalar o‘qish va muhokama qilish |
| Matematika | Rejalashtirish va vaqtni hisoblash (masalan, “Men 10 kunda mana bu maqsadga erishaman”). |
| Texnologiya | Qo‘l ishlari orqali startap g‘oyasini amalga oshirish (masalan, “eko qoida” ishlab chiqib, joriy qilish). |
| Ingliz tili | Ingliz tillaridan kirib kelgan biznes tushunchalar bilan tanishish |
| Axborot texnologiyalari | Qisqa videolavhalarni ko‘rish, muhokama qilish, yaratish. |
Davomiyligi: 45 daqiqa
Dars turi: motivatsion-interaktiv mashg‘ulot
Metodlar: “TED[1]-ma’ruza + jamoaviy ijod + hayotiy misol + video tahlil”
Qo‘llanmalar: slaydlar, vatman, marker, videoroliklar, stikerlar, “ilg‘or g‘oyalar qutisi”
Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda kelajak soati











