Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich kirish imtihonlari joriy yilning 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
✅ Sinov jarayonlari matematika va ingliz tili fanlaridan (har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etiladi. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.
➖ Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga ega 300 nafar nomzod aniqlanadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.
Talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan joy nomi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabineti (https://ariza.piima.uz/application/cabinet) orqali yuklab olishlari mumkin.











