Og‘iz ochish va og‘iz yopish duosi. Ramazon oyida saharlik va iftorlik paytida o‘qiladigan og‘iz yopish va og‘iz ochish duolari. Ushbu duolarni yodlab oling va ro‘zangizni barakali qiling.
🌙 Og‘iz yopish duosi (Saharlik duosi)
Arabcha:
نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرِ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ خَالِصًا لِلّٰهِ تَعَالَى
O‘qilishi:
Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi xolisan lillahi ta’ala.
Ma’nosi:
Ramazon oyining ro‘zasini Alloh taolo uchun tongdan quyosh botguncha tutmoqni niyat qildim.
🌙 Og‘iz ochish duosi (Iftorlik duosi)
Arabcha:
اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَبِكَ آمَنْتُ وَعَلَيْكَ تَوَكَّلْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ
O‘qilishi:
Allohumma laka sumtu va bika aamantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu.
Ma’nosi:
Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim.
Og‘iz ochish va og‘iz yopish duosi
Tavsiya etamiz : Ramazon Taqvimi 2026
