Kelajak soati 5-hafta mavzu Ustozga ehtirom – millatga ehtirom!.
Mehribon tarbiyachim — mening suyanchim!
Ustozga ehtirom – millatga ehtirom
Mashg‘ulot maqsadi : O‘quvchilarda ustoz shaxsiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, ustozning inson kamoloti, yosh avlod tarbiyasi hamda millat kelajagidagi beqiyos
o‘rnini anglatish; ustozga hurmat aslida ilm-ma’rifatga, milliy qadriyatlarga, inson qadriga va millat kelajagiga hurmat ekanini chuqur tushuntirish.
O‘quvchilarni ustoz mehnatini qadrlash, uning ishonchini oqlash, olgan bilim va tarbiyasini ezgu maqsadlar yo‘lida qo‘llashga undash hamda ularda minnatdorlik,
mas’uliyat, vatanparvarlik va ma’naviy yetuklik fazilatlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar :
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar ustozning inson kamoloti, yosh avlod tarbiyasi va millat kelajagidagi beqiyos o‘rnini anglaydi, ustozga hurmat faqat odob
yuzasidan emas, balki ilm, ma’rifat, tarbiya va milliy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtirom ekanini tushunadi. Ustoz mehnatini qadrlash, uning ishonchini oqlash, bergan bilim va tarbiyasini hayotda to‘g‘ri qo‘llash zarurligi haqida mustaqil xulosa chiqaradi hamda o‘zida ustozga hurmat, minnatdorlik, mas’uliyat, intilish va Vatanga foydali inson bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirishga intiladi.
Tavsiya etamiz : Kelajak soati mavzulari





