🎄Bolalar Uchun Archa Haqida She’rlar. Archa haqida eng go‘zal she’rlar to‘plami! Yangi yil bayrami uchun bolalar va kattalar aytishi mumkin bo‘lgan qisqa va uzun she’rlarni bu sahifadan toping.
Archa Haqida She’rlar.
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
Tavsiya etamiz : Qish haqida she’rlar
Archa.
Nina bargli archaman,
Do’st tutundim barchaman.
Atrofimda aylanib,
Qo’shiq ayting, charchamang.
Yangi yil keldi yaqin,
Ko’plab o’yinchoq taqing.
Kuy, qo’shiq, raqsingizdan
Rosa shodman, bir boqing.
Sizning she’r va raqsingiz
Ta’tir menga yil bo’yi.
Shu bois yam-yashilman,
Cho’zilar har yil bo’yim.
Men archaman, archaman,
Sizdan shodman qancha man.
Barchangiz omon bo’ling,
Bor bo’ling-ey, charchamang.
Yangi yil haqida sherlar to’plami
Prezident Archasi.
Davraga bizni to’plab,
Birlashtirar har yili.
Barchani o’rtoq qilib,
Sirlashtirar har yili.Salom, salom yangi yil,
Yangi zamon belgisi.
Yangizafar, yangi shod,
Yangi hayot belgisi.Prezident archasi,
Istiqlol tumorchasi.
Quvonchlarim bir jahon,
Yuragimiz parchasi.
Tavsiya etamiz : Qish haqida she’rlar











