Bosh sahifa » Kelajak soati 24-mavzu – Bir yaxshilik haqida

Kelajak soati 24-mavzu – Bir yaxshilik haqida

Kelajak soati 24-mavzu – Bir yaxshilik haqida. Ushbu sahifada kelajak soatining 24-mavzusi bo’lmish Bir yaxshilik haqida barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Ushbu ma’lumotlarni ko’rib darslarni shu asosida olib borsangiz bo’ladi.

Kelajak soati 24-mavzu – Bir yaxshilik haqida.

Ushbu mavzuning pdf versiyasini yuklab oling. 
Yuklab olish barcha 9-11 sinflar uchun

1-4 Yuklab olish barcha 1-4 sinflar uchun

Yuklab olish barcha 5-8 sinflar uchun

“Kelajak soati” darsining 1-4-sinflar uchun mashg‘ulot ssenariysi:

24-mavzu: Bir yaxshilik haqida

Umumiy maqsad: O‘quvchilarga yaxshilik qilishning insoniy fazilat ekanligini anglatish, mehr-oqibat, yordam, g‘amxo‘rlik, odob kabi tushunchalarni singdirish hamda o‘z atrofidagi odamlarga foydali bo‘lishga o‘rgatish.

Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga yaxshilik tushunchasini tushuntirish, yaxshi va yomon xatti-harakatlarni ajrata olish malakasini shakllantirish, yaxshilikning insonlar orasidagi o‘rni va ahamiyati haqida bilim berish, shuningdek, o‘quvchilarning fikrlash, muloqot qilish va ijobiy xulq-atvorni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda mehr-oqibat, insonparvarlik, yordamga shaylik, hurmat va g‘amxo‘rlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash; ularni yaxshilik qilishga, atrofdagilarga mehribon va foydali bo‘lishga, odobli muomala qilishga o‘rgatish hamda har kuni hech bo‘lmaganda bitta ezgu ish qilishga odatlantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning fikrlash, muloqot qilish, o‘z fikrini erkin ifoda etish, hayotiy vaziyatlarga to‘g‘ri baho bera olish hamda yaxshi va yomon xatti-harakatlarni farqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; ular orqali bolalarning axloqiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish va ijtimoiy faolligini oshirish.

Annotatsiya: O‘quvchilarda insoniy fazilatlar, xususan, yaxshilik qilishga intilish, mehr-oqibatli bo‘lish, odob va hurmatni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishdan iborat. O‘quvchilar bilan ochiq suhbatlar, hayotiy misollar, hikoyalar va amaliy topshiriqlar orqali ular yaxshilikning mohiyati va kundalik hayotdagi o‘rni haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ladilar. Bolalarda kichik bo‘lsa-da, foydali, ezgu ishlar qilishga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish, ularni atrofdagilarga mehribon bo‘lishga undash ushbu darsning asosiy g‘oyasidir.

Aniq maqsadlar:

  1. O‘quvchilar “yaxshilik” tushunchasini sodda va o‘zlariga tushunarli tarzda izohlashni o‘rganadilar.
  2. Kundalik hayotda uchraydigan yaxshi va yomon xatti-harakatlarni ajrata olishni o‘zlashtiradilar.
  3. Yaxshi ishlar qilishning foydasi va ahamiyati haqida o‘z fikrlarini ayta oladilar.
  4. Yaxshilik qilishga doir kichik hayotiy vaziyatlarga baho berish ko‘nikmasi shakllanadi.

Asosiy g‘oya: Yaxshilik – bu inson qalbidan chiqqan ezgulikdir. Har bir kishi kichik bo‘lsa-da, yaxshilik qilsa, jamiyatda mehr-oqibat, do‘stlik va totuvlik mustahkamlanadi. Yaxshilik – inson qalbining go‘zalligi. Ezgu ishlar nafaqat boshqalarga foyda keltiradi, balki yaxshilik qilgan odamning o‘zini ham baxtli qiladi. Har kuni qilinadigan kichik bir yaxshilik – katta o‘zgarishlarning boshlanishidir.

Kutiladigan natijalar:

Tarbiyaviy soat yakunida o‘quvchilar:

  • yaxshilik nima ekanligini tushunadilar;
  • oddiy hayotiy misollarda yaxshi ishlarni ajrata oladilar;
  • yaxshi xatti-harakat qilishga intilish hosil qiladilar;
  • o‘z hayotlarida kichik bo‘lsa-da, foydali ishlar qilishga harakat qiladilar.

Dars hamkori: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti. www.milliytarbiya.uz

Dars davomiyligi: 45 daqiqa.

Tavsiya etilgan mashg‘ulot shakli: bilim beruvchi suhbat, video parchalar, o‘yin elementlari va qo‘shimcha materiallardan foydalanishni nazarda tutadi.

Materiallar to‘plami:

– ssenariy;

– uslubiy tavsiyalar;

– videomateriallar;

– interaktiv topshiriqlar;

– taqdimot.

KIRISH. Motivatsion qism (10 daqiqa)

O‘qituvchi (yumshoq, lekin qiziqarli ohangda):  Bolajonlar, atrofimizga diqqat bilan qaraymiz. Sinfimizga, yonimizdagi do‘stlarimizga, ustozlarimizga, o‘zimizga.

Sezyapsizlarmi? Biz ezguliklar juda ko‘p dunyoda yashaymiz. Bu dunyoda yaxshilik har doim hamma joyda bor. Yaxshilik faqat katta ish emas, uni qilish qiyin ham emas. U juda oddiy, bizga juda yaqin narsalarda yashaydi.

Yaxshilik tug‘ilganimizda aytilgan onamizning allasida, kichkinaligimizda buvimiz aytgan ertaklarda, bobomiz bergan o‘gitlarda, dadamiz olib kelgan shirinlikda, hatto biz kattalarga bergan salomda ham bor.

O‘ylab ko‘ringlar, siz tug‘ilganingizdan beri qancha yaxshilik ichida yashab kelyapsiz?

Kimdir sizni erkalagan. Sizni kimdir asragan. Kimdir siz uchun qayg‘urgan.

Demak, biz yaxshilikni qidirib yurmaymiz. Biz allaqachon yaxshilik ichida yashayapmiz. Yaxshiliklar doim biz bilan.

O‘quvchilarning diqqatini ushlab turish uchun ovoz biroz jonlantiriladi.

– Endi eng muhim savol: agar shu-u-ncha yaxshilik ichida siz ham yaxshilik qilsangiz, nima bo‘ladi?

O‘quvchilar javoblari tinglanadi.

O‘qituvchi: To‘g‘ri. Yaxshilik ko‘payadi.

Yaxshilik xuddi shamga o‘xshaydi. Bitta sham yonib tursa, boshqasini ham undan yondirish mumkin. Bundan birinchi shamning nuri kamaymaydi – aksincha, xona yanada yorug‘ bo‘ladi.

Agar siz har kuni kichkina bo‘lsa ham yaxshilik qilsangiz, yaxshilik ko‘payadi, atrofingizga tarqaladi, o‘zingizga ham qaytadi va siz bir umr yaxshilik ichida yashashingiz mumkin.

Interaktiv o‘yin: “Yaxshilik detektorlari”

O‘qituvchi: Bolajonlar, hozir biz detektorlarga aylanamiz. Bugundan boshlab sizlar Yaxshilik detektorlarisiz!

Detektor nima qiladi? U ko‘zga ko‘rinmaydigan narsani ham topadi. Biz ham hozir yashirinib turgan yaxshiliklarni topamiz.

O‘qituvchi tushuntiradi:

Men turli holatlarni suratlarda ko‘rsataman. Sizlar esa bu vaziyatda qanday yaxshilik bo‘lishi mumkinligini topasiz.

(O‘qituvchi suratlarni ko‘rsatadi.)

Buvijon og‘ir sumka ko‘tarib ketmoqda

Kimdir yiqildi.

Bu odam sovqotyapti.

Bobojon xafa.

Bolalar vaziyatga mos yaxshilikni aytadilar:

– Yukni ko‘tarishga yordam berish;

– Yiqilganning turishiga yordam berish;

– Yig‘layotganni yupatish;

– Sovqotayotganning ustiga kiyim yoki ko‘rpa berish;

O‘qituvchi har bir javobni rag‘batlantirib boradi, masalan:

– Barakalla, detektorlar juda kuchli ishlayapti!

– Juda to‘g‘ri topding (va hk.)

O‘qituvchi (yumshoq ohangda):

– Ko‘rdingizmi, bolajonlar. Yaxshilikni ko‘rish uchun sehrli ko‘zoynak ham kerak emas. Faqat mehribon yurak kerak. Sizlar hozirgina yaxshilik har doim yonimizda, atrofimizda va ichimizda ekanini isbot qildingiz.

Bugun biz shu yaxshiliklar haqida gaplashamiz.

Tavsiya etamiz : Kelajak soati boshqa mavzular

 

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top