Bosh sahifa » Imtihonlar yakunlangandan so‘ng abituriyentlar nimani tanlashadi

Imtihonlar yakunlangandan so‘ng abituriyentlar nimani tanlashadi

Xabaringiz bor, 14-iyul sanasidan kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi, ya’ni, test topshirish boshlandi.

Test topshirgan abituriyentlarning natijalari bir kun o’tib e’lon qilib borilmoqda. Barcha imtihonlar yakunlangandan so‘ng, abituriyentlarga tanlov imkoniyati boshlanadi.

Bunda abituriyentlar beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishlarni va istalgan OTMlarni tanlashi mumkin.

Shuningdek, abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo’nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo’ladi. Masalan, 1 va 2 yo‘nalish – kunduzgi, 3 – kunduzgi, 4 – kechki, 5 – masofaviy.

Abituriyentlar tanlov jarayonida tanlov ustuvorligini ham tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga yoki yo‘nalishga qaratish mumkin.

Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

She'rlar
Insholar
Maqollar
Darsliklar
Telgram
Scroll to Top