Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi
2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi.
Natijalar quyidagicha taqsimlandi:
➖ 4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi;
➖ 3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi;
➖ 351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topildi.
Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.
📋 Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida):
▪️Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati;
▪️Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.
Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.











